Xonanda Teylor Svift Time jurnali tomonidan yilning eng yaxshi odami deb topildi. Nomzodlar ro`yxatidan Vladimir Putin, Xitoy rahbari Si Szinpin, OpenAI asoschisi Sem Altman, Barbi qo`g`irchog`i va boshqalar bor edi. Jurnalistlar ijrochining karerasi ko`lamini Elvis Presli, Maykl Jekson va Madonnaning ijodi bilan solishtirishdi.
"Sviftning artist sifatidagi yutuqlari - madaniy, tanqidiy va tijorat nuqtai nazaridan - shunchalik ko`pki, ularni aytib berish deyarli imkonsiz tuyuladi. Pop yulduzi sifatida u Elvis Presli, Maykl Jekson va Madonna bilan tenglasha oladi. Ishbilarmon ayol sifatida u, ba`zi hisob-kitoblarga ko`ra, qiymati 1 milliard dollardan ortiq bo`lgan imperiya qurgan", - deydi jurnal qo`shiqchi haqidagi materialda.
Time talqiniga ko`ra, “Yil odami” unvoniga nomzodlar ro`yxatiga Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Xitoy rahbari Si Szinpin, Britaniya qiroli Charlz III, Barbi qo`g`irchog`i, OpenAI rahbari Sem Altman, AQSh Federal rezervi raisi Jerom Pauell, amerikalik ssenariy mualliflari va boshqalar ham kirgan.
Bu yil Teylor Svift 2023yilda eng yuqori daromad keltiruvchi gastrol amalga oshirgan. Ushbu konserdan u 300,8 million dollardan ko`proq boylik orttirgan.Uning har bir namoyishiga o`rtacha 54 000 ga yaqin odam tashrif buyurdi. Umuman olganda, Sviftning faqat 2024 yil avgustida o`tkaziladigan gastroli, ekspertlarning fikricha, xonandaga 1,4 milliard dollar olib kelishi mumkin.Faoliyati davomida Svift 12 ta «Gremmi» musiqa mukofotiga sazovor bo`lgan.






