AsosiyJamiyat

“Mening hayotim. Qaramlikdan ozodlikka” Nursulton Nazarboevning kitobi O`zbekiston Prezidentiga etkazildi

'“Mening hayotim. Qaramlikdan ozodlikka” Nursulton Nazarboevning kitobi O`zbekiston Prezidentiga etkazildi'ning rasmi

6 dekabr kuni Qozog`iston Respublikasi Birinchi Prezidentining matbuot kotibi Aydos Ukibay tashrif bilan mamlakatimizda bo`ldi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasida o`tgan uchrashuvda mehmon davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevga Qozog`iston Birinchi Prezidentining salomi va eng ezgu tilaklarini etkazdi hamda Nursulton Nazarboevning “Mening hayotim. Qaramlikdan ozodlikka” nomli memuarlar kitobining muallif dastxati tushirilgan nusxasini topshirdi.

Tarixiy jarayonlar va shaxsiy munosabatni o`zida mujassamlashtirgan kitobda Nursulton Nazarboev o`zining hayotiy yo`li, mamlakatning shakllanish va rivojlanish davri to`g`risidagi xotiralari bilan o`rtoqlashadi. Respublikaga rahbarlik qilgan oxirgi o`n yilliklardagi voqealarga baho beradi.

Shuningdek, o`z asarida Nursulton Nazarboev O`zbekiston etakchisi, “atoqli siyosiy arbob Shavkat Mirziyoevni” alohida qayd etgan.

 

    Boshqa yangiliklar