AsosiyDunyo

Sadir Japarov mansabdorlarga unga sovg`a berishni taqiqladi

'Sadir Japarov mansabdorlarga unga sovg`a berishni taqiqladi'ning rasmi

55 yoshga to`lgan Qirg`iziston prezidenti Sadir Japarov mansabdor shaxslarga o`zining tug`ilgan kuniga sovg`a qilishni taqiqladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi raisi o`rinbosari Edil Baysalov matbuot anjumanida ma`lum qilgan.

“Bugun prezident Sadir Japarovning yubileyi, lekin u sovg`a-salomlarni taqiqlab qo`ygan, u juda kamtarin odam”, - deya Baysalovning so`zlaridan iqtibos keltiradi Qirg`iziston 24.kg agentligi.

Baysalovning qo`shimcha qilishicha, “prezident mamlakatdagi vaziyatni har tomonlama butunlay o`zgartira oldi”, “tarixiy miqyosda” o`zgarishlarni amalga oshirdi. Unga ko`ra, davlat rahbari islohotlarni davom ettirish niyatida.

 

    Boshqa yangiliklar