Avval xabar qilinganidek, ayni paytda butun respublika bo`ylab “Dolzarb 40 kunlik” keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.
Buxoro viloyatida ham Ichki ishlar boshqarmasi va uning hududiy organlari xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirlar davomida sodir etilib fosh etilmasdan qolgan 22 ta jinoyatlar issiq izidan fosh etildi hamda qidiruvda bo`lgan 31 nafar shaxslar ushlandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Bundan tashqari tadbir davomida 1 ta odam o`g`irlash va bosqinchilik, 8 ta giyohvandlik hamda kuchli ta`sir qiluvchi psixotrop dori vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish, 2 ta noqonuniy ov quroli saqlash hamda 9 ta boshqa turdagi jinoyatlar aniqlanib, mazkur jinoyatlarda gumon qilinuvchi shaxslarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JK. ning 137, 164, 168, 276, 251 va 248-moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, mazkur shaxslarning 5 tasiga qamoqqa olish hamda 15 tasiga boshqa turdagi ehtiyot choralari qo`llanildi.
Bundan tashqari, reyd tadbirlari davomida 98 nafar shaxslar bilan manzilli profilaktik ishlar olib borilib, kriminogen vaziyatga ta`sir qiluvchi 38 nafar shaxslar ma`muriy qamoqqa olindi.
Hozirda, keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirlar davom ettirilib, noqonuniy harakatlar sodir etgan shaxslarga nisbatan jazoning muqarrarligi ta`minlanmoqda.






