Firibgarlar tomonidan takroran O`zbekiston Respublikasi Prezidentining videotasviriga sun`iy intellektga asoslangan dastur yordamida qayta ishlov berilib, audioyozuvlarni soxtalashtirish holati sodir etildi. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, firibgarlar “Instagram” va “Feysbuk” ijtimoiy tarmoqlari hamda “Telegram” messenjeri orqali turli xil kanal va guruhlarda Prezident ovozi va kadrlarini soxtalashtirib “Go`yoki firibgarlar jazosiz qolmasligini ta`kidlab, brokerlarga aldanib qolgan fuqarolarga pullarini undirib berishni hisobga olib, Yuridik xizmatlarini yaratdik” mazmunidagi xabarlar tarqatmoqda.
"Bu xabar va videolarga aslo ishonmang. Ushbu xabarlar yolg`on. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarning haqqoniyligini aniqlash uchun ularning rasmiy manbalari orqali qayta tekshirib ko`rishlaringizni tavsiya etamiz", - deyiladi xabarda.






