AsosiyDunyo

AQSh bilan Meksika chegarasida nazoratni kuchaytirish talablari ilgari surilmoqda

'AQSh bilan Meksika chegarasida nazoratni kuchaytirish talablari ilgari surilmoqda'ning rasmi

AQSh Senatidagi Respublikachilar immigrasiya siyosati va janubiy chegara nazoratini kuchaytirish talablarini ilgari surmoqda.

Kongressdagi respublikachilar va demokratlar prezident Jo Baydenning Rossiya bosqinchilariga qarshi kurashda Ukrainaga milliardlab dollar mablag` ajratish, Hamas terror guruhining 7 oktyabr kuni uyushtirgan hujumlaridan keyin Isroilga yordam ko`rsatish, shuningdek, Ukrainaga milliardlab dollar ajratish so`roviga qanday javob berishni bir necha oydan beri muhokama qilishmoqda. 

Shu tariqa Oq uyning Kongressga xarajatlar to`g`risidagi qonunlarni qabul qilish haqidagi ikkita so`rovi muvaffaqiyasizlikka uchradi. Demokratlarning ta`kidlashicha, ittifoqchilarga yordam global demokratiyani saqlab qolish va avtokratiyalarga qarshi kurashish uchun zarur.

Bir guruh demokrat senatorlar matbuot anjumani o`tkazib, qonun loyihasini bloklash AQShning raqiblariga ham, ittifoqchilariga ham Qo`shma Shtatlar xalqaro hamkorlari bilan birga emasligi haqidagi xabarni yuborishini aytishgan.

Respublikachilar Meksika bilan janubiy chegara orqali haddan tashqari noqonuniy immigrasiya katta xavfsizlik muammosi ekanligini ta`kidlab, ular Bayden ma`muriyatidan chet elga yuborilgan dollarlar uchun ko`proq javobgarlikni talab qilishlarini aytishadi.

 

    Boshqa yangiliklar