Vladimir Putin yangi, beshinchi prezidentlik muddati uchun o`z nomzodini qo`yishini ma`lum qildi. Bu haqda Rossiya Federasiyasi Prezidenti Kremlda Vatan Qahramonlari kuni sharafiga Rossiya Qahramonlarini taqdirlash marosimidan so`ng ma`lum qildi.
6 dekabr kuni Rossiya Federasiyasi Federasiya Kengashi prezidentlik saylovini 2024 yil 17 martga belgiladi. Ular uch kun davomida bo`lib o`tadi: 15, 16 va 17 mart.
Vladimir Putin to`rt marta - 2000, 2004, 2012 va 2018 yillarda Rossiya prezidenti lavozimiga saylangan. Konstitusiyaga kiritilgan o`zgartirishlar qabul qilingandan so`ng u 2024 yilgi saylovda o`z nomzodini ko`rsatish huquqini oldi.






