Farg`ona aeroportida noqulay ob-havo sharoiti tufayli “Azimut” aviakompaniyasining Moskva – Farg`ona reysi Namangandagi muqobil aerodromga yo`l oldi.
Bortida 100 nafar yo`lovchi bo`lgan samolyot mahalliy vaqt bilan soat 06:09 da Namanganga kelib qo`ndi.
A9170 Farg`ona – Moskva reysi yo`lovchilari er usti transportida Namangan aeroportiga etkaziladi.






