O`zbekiston 2023 yil oktyabr oyida oltin sotish bo`yicha dunyoda birinchi o`rinni egalladi. Bu haqda Jahon oltin kengashi xabar berdi.
2023 yil oktyabr oyida Jahon oltin kengashining dastlabki hisob-kitoblariga ko`ra, jahon markaziy banklari oltin-valyuta zaxiralari uchun 42,5 tonna oltin sotib olgan.
Shu vaqtda oltinning asosiy sotuvchisi O`zbekiston Markaziy banki bo`ldi va o`z zaxiralarini 11 tonnaga qisqartirdi.
Qozog`iston ikki tonna oltin sotish bilan ikkinchi o`rinni egalladi.
Xitoy oktyabr oyida eng yirik xaridor bo`lib, oltin zaxiralarining 23 tonnaga oshgani haqida xabar berdi. Umuman olganda, yil boshidan buyon Xitoy Markaziy banki 204 tonna qimmatbaho metall sotib oldi.
Undan keyingi o`rinlarda Turkiya (19 tonna), Polsha (3 tonna), Hindiston (3 tonna), Chexiya (2 tonna), Qirg`iziston (1 tonna) va Qatar (1 tonna).






