AsosiyJamiyat

Toshkentda kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalarini sotgan dorixona rahbari qo`lga tushdi

'Toshkentda kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalarini sotgan dorixona rahbari qo`lga tushdi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo`limi tomonidan DXX va IIBB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Sh.S. jami 40 dona “Baklosan” nomli psixotrop dori vositasini fuqaro M.Ya.ga 560 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Denov tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda “M.F” XKga qarashli dorixona sotuvchisi D.A. hech qanday hujjatsiz jami 80 dona “Zardeks” nomli kuchli ta`sir qiluvchi dori vositasini fuqaro A.B.ga sotga vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.  

Xuddi shunday, Departamentning Chilonzor tuman bo`limi tomonidan  DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda “O.F.” MChJga qarashli dorixona rahbari D.X. fuqaro B.S.ga xorijda ishlab chiqarilgan 20 dona «GABATEN» nomli kuchli ta`sir qiluvchi dori vositasini sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar