"O`zgdiromet" ertangi ob-havo ma`lumotlarini e`lon qildi. Unga ko`ra:
Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, kechasi va kunduzi tuman tushishi mumkin. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-3 daraja sovuq, kunduzi 5-7 daraja iliq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qor yog`ishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi, Navoiy viloyatining shimolida kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo`ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo`ladi.
Respublikaning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq bo`ladi.
Jahon prognoz markazlarining dastlabki hisob-kitoblariga ko`ra, Ural va G`arbiy Qozog`iston orqali Rossiyasining shimoliy Evropa hududlaridan 9—10 dekabr kunlari O`zbekistonning shimoliy hududlariga, 11—12 dekabrda esa butun respublika hududiga juda sovuq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda.






