AsosiyJamiyat

O`zbekistondagi taksi agregatlari bozori tahlil qilindi

'O`zbekistondagi taksi agregatlari bozori tahlil qilindi'ning rasmi

Raqobatni rivojlantirish va iste`molchilar huquqlarni himoya qilish qo`mitasi tomonidan taksi agregatorlari xizmatlari bozorida o`rganishlar o`tkazganini ma`lum qildi.

Ta`kidlanishicha, respublika bo`yicha jami 66 ta faoliyat yuritayotgan xo`jalik yurituvchi sub`ekt (korxona)dan, shundan 58 tasi dispetcherlik xizmati va 8 tasi mobil ilova orqali agregator xizmatini ko`rsatayotgani ma`lum bo`ldi.

Tahlillar natijasiga ko`ra, bozor ulushlari va ko`rsatilgan xizmatlari yuzasidan faoliyat yuritayotgan xo`jalik yurituvchi sub`ektlar ichida eng katta bozor ulushi ya`ni 86,3 foizi “Yandex Go” platformasi xissasiga to`g`ri kelishi aniqlandi.

Shuningdek, bozorning konsentrasiyasi yuzasidan mazkur xizmat bozorida sanoqli ishtirokchilar jami xizmatning asosiy qismini ko`rsatayotganini va bu bozordagi holat, jumladan xizmat narxi va sifatiga bir tomonlama ta`sir ko`rsatish xavfi mavjudligi ham tahlil jarayonida aniqlangan.

O`zbekiston Respublikasidagi “Yandex Go” ilovasi orqali ko`rsatilgan taksi xizmatlarining 2022 yildagi moliyaviy natijalari yuzasidan rasmiy statistik ma`lumotlar Ridetech International B.V. kompaniyasi (Niderlandiyada ro`yxatdan o`tgan) tomonidan taqdim etilgan.

Joriy yil 1 dekabrdan boshlab “Yandex Go” platformasining agregatorlik xizmatlari O`zbekiston Respublikasi hududida soliq rezidenti –“YandexGo UB” MChJ yuridik shaxs tomonidan taqdim etilishi e`lon qilindi.

Ridetech International B.V. kompaniyasi “YandexGo UB” MChJ bilan yagona (umumiy) iqtisodiy manfaatga ega bo`lgan shaxslar hisoblanib shaxslar guruhi sifatida, bozorning yagona sub`ekti sifatida qaraladi.

Yuqoridagilarga muvofiq, joriy yil 4 dekabr kuni Qo`mita tomonidan O`zbekiston Respublikasining “Raqobat to`g`risida”gi Qonunining 13-moddasiga asosan “YandexGo UB” MChJ yo`lovchilarni tashish (taksi) uchun buyurtmalarni joylashtirish va taksi xizmatlarini ko`rsatishga imkon beruvchi vositachilik (agregator) xizmatlari bozorida ustun mavqega ega xo`jalik yurituvchi sub`ekt deb e`tirof etildi.

Qo`mita ushbu bozorda barcha ishtirokchilari tomonidan “Raqobat to`g`risida”gi Qonunning raqobatga qarshi kelishuvlarni va muvofiqlashtirilgan harakatlarni, insofsiz raqobat, iqtisodiy konsentrasiya, ustun mavqeini va ustun muzokara kuchini suiiste`mol qilish kabi harakatlarni oldini olish va bartaraf etish yuzasidan tizimli ravishda monitoring olib borishini ma`lum qildi.

    Boshqa yangiliklar