Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliev Euronews telekanaliga bergan intervyusida muxbirning mintaqada raqobat yoki hamkorlik haqidagi savoliga javob berdi.
"Ozarboyjonga kelsak, men hamkorlikni ko`raman. Bu esa, asosan, mamlakatimiz siyosati bilan bog`liq. Biz har doim Ozarboyjonni har qanday raqobatdan, har qanday geosiyosiy kurash yoki yirik davlatlar o`rtasidagi qarama-qarshilikdan himoya qilishni xohlaganmiz. O`ylaymanki, biz bu muvaffaqiyatga erishdik. Shuning uchun Ozarboyjon ko`plab yirik xalqaro tashkilotlar uchun ishonchli hamkor sanaladi. Va biz bu hamkorlikning haqiqiy natijasini ko`ramiz, chunki Ozarboyjonda energetikaning rivojlanishiga nazar tashlasangiz, xalqaro miqyosdagi keng ishtirokni ko`rasiz. Transport sohasiga nazar tashlasangiz, har ikkala yo`lak – Shimol – Janub va Sharq – G`arb mamlakatimizni kesib o`tganini, bundan qo`shnilarimiz ham, turli mintaqalardagi ko`plab davlatlar ham manfaat ko`rayotganiga guvoh bo`lasiz.
Siyosiy taraqqiyot nuqtai nazaridan Ozarboyjon ham mustaqil tashqi siyosatni, milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda o`z siyosatini olib borayotgan davlatdir. Yana bir muhim omil - o`z mamlakatingizni qarama-qarshilik yoki raqobat zonasiga aylantirmaslik uchun o`zingizni xalqaro ta`sirdan himoya qilish qobiliyatidir. Men salbiy ta`sir va ichki ishlarga aralashishga urinishlarni nazarda tutyapman. Biz ushbu xavflarni muvaffaqiyatli bartaraf eta oldik. Va shuning uchun ham Ozarboyjon bugun katta xalqaro salohiyatga ega, yaxshi xalqaro obro`ga ega, so`nggi 20 yil ichida 300 milliard dollardan ortiq sarmoya jalb etishga muvaffaq bo`lgan davlatdir”, dedi Ilhom Aliev.