AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonning qator hududlarida qor yog`adi

'Bugun O`zbekistonning qator hududlarida qor yog`adi'ning rasmi

“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun kunduzi yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, shimolda ba`zi joylarda qor yog`adi. Farg`ona vodiysi viloyatlarida kechga tomon ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir qorga aylanadi). Ba`zi joylarda tuman tushadi. Yo`llarda ba`zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2-7° iliq, shimolda 2-7° sovuq bo`ladi.

Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-5° iliq bo`ladi.

Tog`li hududlarida qor yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Ba`zi joylarda tuman tushadi. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.  Harorat 2° sovuq-3° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar