AsosiyJamiyat

Nyu-Yorkdan Toshkentga uchgan samolyot yo`lovchining zo`ravonligi sabab Sankt-Peterburgga qo`nishga majbur bo`ldi

'Nyu-Yorkdan Toshkentga uchgan samolyot yo`lovchining zo`ravonligi sabab Sankt-Peterburgga qo`nishga majbur bo`ldi'ning rasmi

Nyu-Yorkdan Toshkentga uchayotgan Uzbekistan Airways aviakompaniyasi havo kemasida zo`ravonlik qilgan yo`lovchi tufayli Sankt-Peterburg aeroportiga favqulodda qo`nishga majbur bo`ldi. Bu haqda milliy aviakompaniya matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ma`lum qilinishicha, hodisa bugun, 11 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 07:35 da HY102 Nyu-York – Toshkent reysida sodir bo`ldi. Boeing 787 havo kemasi sardori yo`nalish bo`ylab muqobil aerodromga qo`nishga qaror qildi. Bortdagi muammo haqida radioaloqa orqali xabar berildi. 1991 yilda tug`ilgan O`zbekiston fuqarosi polisiya xodimlari tomonidan reysdan olindi.

Kerakli proseduralar amaga oshirilgach, havo kemasi belgilangan aeroportga parvozni davom ettiradi.

HY102 reysining Toshkentga etib kelishi Toshkent vaqti bilan 13:00 ga belgilangan.

    Boshqa yangiliklar