AsosiyJamiyat

Bloger Otabek Sattoriy qamoqdan manzil-koloniyaga o`tkazildi

'Bloger Otabek Sattoriy qamoqdan manzil-koloniyaga o`tkazildi'ning rasmi

Bloger Otabek Sattoriy umumiy tartibli koloniyadan manzil-koloniyaga o`tkazildi. Bu haqda “Ezgulik” inson huquqlari jamiyati rahbari Abdurahmon Tashanov xabar qildi.

"Ijtimoiy tarmoqlarda qamalishi eng ko`p shov-shuv bo`lgan bloger Otabek Sattoriy qamoqdan manzil koloniyaga chiqarildi", - deb yozgan Tashanov.

Eslatib o`tamiz, 2021 yil 10 may kuni jinoyat ishlari bo`yicha Muzrabot tuman sudida Otabek Sattoriy (1980 yilda Termiz shahrida tug`ilgan, blogerlik faoliyati bilan shug`ullanadi, muqaddam sudlanmagan) ga nisbatan sud hukmi o`qilgan. Unga Jinoyat kodeksining bir nechta moddasi bilan uzil-kesil 6,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan edi.

    Boshqa yangiliklar