Bu haqda Adliya vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
my.gov.uz portalida “Pensiya va nafaqa berishni to`xtatib turishga ariza berish” xizmati ishga tushirildi.
Endilikda fuqarolar onlayn ariza berish orqali pensiya va nafaqa to`lovini ortiqcha ovvoragarchiliksiz to`xtatib turishi mumkin.
Ushbu xizmat quyidagi hollarda kerak bo`lishi mumkin:
- Sizga vaqtinchalik pensiya yoki nafaqa kerak bo`lmasa va ularni olishni ma`lum muddatga to`xtatib turish zarurati yuzaga kelganida.
- Mamlakat tashqarisida bo`lganingiz uchun ma`lum vaqt davomida pensiya yoki nafaqa to`lovlarini ololmasangiz.
- Hayotingizda to`lovlarni vaqtinchalik to`xtatib turishni talab qiladigan o`zgarishlar yuz bersa.
Mazkur xizmatni olish uchun qo`shimcha hujjatlar talab qilinmaydi!
"Ko`rsatilgan davlat xizmati uchun to`lov undirilmaydi. Xizmat ariza topshirilgandan so`ng avtomatik tarzda ko`rsatiladi" deyiladi xabarda.