AsosiyJamiyat

Toshkentda kuchli qor: IIBB ogohlantirish va tavsiya bilan chiqdi

'Toshkentda kuchli qor: IIBB ogohlantirish va tavsiya bilan chiqdi'ning rasmi

Ayni paytda O`zbekistonda havo harorati keskin sovib, yog`ingarchilik mavsumi bo`lmoqda. Toshkent shahar IIBB ogohlantirish va tavsiya bilan chiqdi.

Qayd etilishicha, qor yog`ayotganda yo`llarda harakatlanish sezilarli darajada qiyinlashishi mumkin.

Yo`llarni qor qoplagan va avtomobil yo`llari muzlagan sharoitda transport vositasini boshqarishda bir qancha qoidalarga rioya etish so`ralmoqda:

- tezlikni pasaytirish;

- tormozni keskin bosmaslik;

- oraliq masofani saqlash;

- g`ildiraklari qishki mavsumga mos bo`lmagan avtomobilni boshqarmaslik kabilar.

“Ob-havo sharoitini inobatga olgan holda, jamoat transportidan foydalanishni tavsiya qilamiz”, - deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar