Respublika Oliy ta`lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga Qishki ta`til mobaynida mahalliy yo`nalishdagi qatnovlar uchun chegirmalar e`lon qilindi. Bu haqda “O`ztemiryo`lovchi” AJ matbuot xizmati xabar qildi.
”Chegirmalar 25.12.2023 dan 7.01.2024 ga qadar o`rnatilgan tartibda barcha mahalliy yo`nalishdagi yo`lovchi poezdlarning temir yo`l hujjatining to`liq qiymatidan 50% chegirma (SV /VIP klass vagonlaridan va yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoezdidan tashqari) amal qiladi! Chiptalarni sotib olish uchun pasportingiz bilan temir yo`l kassalariga tashrif buyurishingiz yoki elektron tarzda chipta xarid qilishda eticket.railway.uz saytidan foydalanishingiz mumkin!” - deyiladi xabarda.
Qo`shimcha ma`lumotlar uchun:
Aloqa markazi: 1005
Ishonch telefoni: +998 71 299 94 50