AsosiyJamiyat

Toshkentdan bir nechta viloyatlarga qo`shimcha poezdlar harakati yo`lga qo`yilmoqda

'Toshkentdan bir nechta viloyatlarga qo`shimcha poezdlar harakati yo`lga qo`yilmoqda'ning rasmi

Biroz avval, talabalar uchun barcha mahalliy yo`nalishdagi yo`lovchi poezdlarga 50 foiz chegirma e`lon qilingani haqida xabar bergan edik.

Shundan so`ng, ijtimoiy tarmoqlarda chiptalar sotilib bo`lgach, talabalarga poezd uchun chegirma e`lon qilinganligi haqida xabarlar tarqaldi. 

Holat yuzasidan “O`zbekiston temir yo`llari" AJ izoh berdi

Ma`lumki, ASU Ekspress tizimida yo`lovchi poezdlarga chiptalar 45 kun oldindan sotuvga chiqadi. Yangi yil bayrami oldidan yo`lovchilar oqimi ortib, talabalar, Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi fuqarolar o`z manzillariga etib borish va bayramni oila davrasida nishonlash uchun temir yo`l transportidan foydalanadi.

Hozirgi kunda “O`zbekiston temir yo`llari” AJ tomonidan yo`lovchilarni bayram oldi kunlarda manzillariga xavfsiz etkazish va ularga qulaylik yaratish maqsadida quyidagi yo`nalishlarda qo`shimcha poezdlar qo`yilishi rejalashtirilmoqda. Bular “Toshkent — Urganch”, “Toshkent — Nukus”, “Toshkent — Samarqand”, “Toshkent — Qarshi” yo`nalishida qo`shimcha yo`lovchi poezdlar qatnovi joriy etiladi. Bu haqida qo`shimcha ma`lumot beriladi. Shuni alohida ta`kidlash joizki, elektron tarzda 1 sutka mobaynida talabalar tomonidan 1000 ga yaqin chiptalar rasmiylashtirildi.

"Chegirmali chiptalarni talabalar hozir ham elektron tarzda xarid qilishlari mumkin. Qo`shimcha yo`lovchi poezdlarga qo`shimcha vagonlar ham ulanadi. Barcha tadbirlar “O`zbekiston temir yo`llari” AJ tomonidan bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Yo`lovchilardan sarosimaga berilmaslikni so`rab qolamiz", - deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar