AsosiyJamiyat

Ikki hududda ishga joylashtirib qo`yishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi

'Ikki hududda ishga joylashtirib qo`yishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Taxiatosh tuman bo`limi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.T. fuqaro D.E.ning ishonchiga kirib, uni go`yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Qoraqalpoq davlat universitetiga ishga joylashtirib qo`yishini aytib, evaziga 20 mln so`mni firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Karmana tuman bo`limi tomonidan viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.E. (muqaddam sudlangan) fuqaro S.B.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida 1 200 AQSh dollari evaziga “E.E.” xorijiy korxonasiga ishga joylashtirib qo`yishini aytib, shundan 3,6 mln so`mini qo`lga kiritib, 900 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar