AsosiyJamiyat

O`zbekistonda “Qizil kitob”ga kiritilgan hayvonlardan foydalanish tartibini buzganlik uchun undiriladigan to`lov 10 baravarga oshirildi

'O`zbekistonda “Qizil kitob”ga kiritilgan hayvonlardan foydalanish tartibini buzganlik uchun undiriladigan to`lov 10 baravarga oshirildi'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasining "Qizil kitob"ga kiritilgan o`simliklarga etkazilgan zarar uchun jarimalar miqdorini hisoblash koeffisientlarini besh baravar oshirishni nazarda tutuvchi qarori qabul qilindi.

Shunday qilib, toifaga qarab har bir o`simlik uchun quyidagi miqdorlar olinadi:

- yo`qolib ketish xavfi ostida turgan turlar – BHMning 10 baravari;
- noyob turlar – BHMning 4 baravari;
- kamayib borayotgan turlar – BHMning 2,5 baravari.

Shuningdek, hayvonot dunyosidan foydalanish qoidalarini buzish natijasida etkazilgan zarar uchun jarima miqdori 10 barobarga oshirildi.

Masalan, quyidagi jarimalar miqdori belgilanadi:

- bitta qor qoplonini yo`q qilganlik uchun O`zbekiston fuqarosidan BHMning 3 000 baravari, xorijiy fuqarolar va yuridik shaxslardan esa 400 000 AQSh dollari undiriladi;
- bitta echkini yo`q qilganlik uchun O`zbekiston fuqarosidan BHMning 2 000 baravari, xorijiy fuqarolar va yuridik shaxslardan esa 300 000 AQSh dollari undiriladi;
- bitta sayg`oq yoki jayronni yo`q qilganlik uchun O`zbekiston fuqarosidan BHMning 500 baravari, xorijiy fuqarolar va yuridik shaxslardan esa 50 000 AQSh dollari undiriladi;
- bitta tuvaloq yo`q qilganlik uchun O`zbekiston fuqarosidan BHMning 1 000 baravari, xorijiy fuqarolar va yuridik shaxslardan esa 100 000 AQSh dollari undiriladi.

    Boshqa yangiliklar