Statistika agentligi ma`lumotlariga ko`ra, 2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida O`zbekiston Respublikasida asosiy kapitalga o`zlashtirilgan investisiyalar hajmi 226,6 trln so`mni tashkil etgan.
Shundan asosiy kapitalga o`zlashtirilgan jami xorijiy investisiya va kreditlar 104,4 trln co`m miqdorida qayd etilgan.
O`zlashtirilgan jami xorijiy investisiya va kreditlar hajmida eng yuqori ulushga ega bo`lgan investor – mamlakatlar:
— Xitoy – 24,5 %
— Rossiya – 15,9 %
— Saudiya Arabistoni – 7 %
— Turkiya – 6 %
— Kipr – 4,1 %
— BAA – 3,7 %
— Germaniya – 3,5 %
— Shveysariya – 3,4 %
— AQSh – 3,3 %
— Niderlandiya – 2,4 %






