AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`istonda kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va`da qilgan bo`lim boshlig`i ushlandi

'Qoraqalpog`istonda kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va`da qilgan bo`lim boshlig`i ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog`iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro N.Z. fuqaro R.A.ning Nukus shahridagi noturar binosi kadastr hujjatlarini tanishlari yordamida rasmiylashtirib berishi evaziga 5 mln so`mini qo`lga kiritib, yana 1,8 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, N.Z.ning ko`rsatuviga asosan davom etgan tadbirda Kadastr agentligining Mo`ynoq tuman bo`limi boshlig`i S.A. fuqaro R.A.ning noturar binosi kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga N.Z. orqali qo`lga kiritgan 5 mln so`mni qaytarib berayotgan vaqtida ushlanib, ushbu bino kadastr hujjatlari va 5 mln so`m ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar