AsosiyJamiyat

Ikki hududda aholiga imtiyozli narxda etkazib berilishi kerak bo`lgan ko`mir talon-toroj qilindi

'Ikki hududda aholiga imtiyozli narxda etkazib berilishi kerak bo`lgan ko`mir talon-toroj qilindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Rishton tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Ko`mir ta`minot” MChJning Oltiariq ko`mir ombori mudiri M.I. Rishton tumanidan ko`mir omboriga biriktirilgan jamoatchi vakil S.E. va boshqalar o`zraro til biriktirib, kuz-qish mavsumida Rishton aholisiga imtiyozli narxda etkazib berish uchun ajratilgan umumiy bahosi 774,1 mln so`mlik 2 578 tonna ko`mirni soxta hujjatlarni rasmiylashtirish yo`li bilan boshqa shaxslarga bozor narxida sotib yuborib, o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Mirzacho`l tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Ko`mir ta`minot” MChJning “Do`stlik” ko`mir ombori mas`ul shaxslari va boshqalar 351 tonna ko`mirni aholiga imtiyozli narxlarda sotilganligi to`g`risida soxta hujjatlarni rasmiylashtirganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar