AsosiyJamiyat

Respublika bo`yicha 3-7 yoshli bolalarning 74 foizi maktabgacha ta`lim bilan qamrab olindi - vazirlik

'Respublika bo`yicha 3-7 yoshli bolalarning 74 foizi maktabgacha ta`lim bilan qamrab olindi - vazirlik'ning rasmi

Bugungi kunda respublika bo`yicha maktabgacha ta`lim tashkilotlari soni 33 942 tani tashkil etmoqda (6 780 tasi davlat va 27 162 tasi nodavlat).

Nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotlarining 847 tasi xususiy, 
1 388 tasi davlat-xususiy sherikchilik asosidagi va 24 927 tasi oilaviy nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotlarini tashkil etadi.

Respublika bo`yicha 2 930 844 nafar 3-7 yoshli bolalarning 2 168 825 nafari yoki 74,0 foizi maktabgacha ta`lim bilan qamrab olindi.

Joriy yilning 1 yanvar holatiga 29 420 ta maktabgacha ta`lim tashkilotlarga 2 103 752 nafar (71,8%) bolalar qamrab olinib, yil boshiga nisbatan maktabgacha ta`lim tashkilotlari soni yangi qurilgan va yangi tashkil etilgan davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotlari hisobiga 3 982 taga ortganligini, ularga qo`shimcha 65 ming nafarga yaqin bolalar qo`shimcha qamrab olinganligini ko`rsatmoqda.

Mazkur ko`rsatgichga quyidagilar hisobga erishildi:

182 ta (57 ta yangi qurish va 113 ta rekonstruksiya qilish, 2 ta mukammal ta`mirlash) davlat MTTlarda qurilish ta`mirlash ishlari amalga oshirildi;

71 ta DXSh asosidagi NMTTlar (7 100 o`rin) hamda 4 402 ta (116 998 o`rin) oilaviy shakldagi NMTTlar tashkil etildi;

chekka hududlarida maktabgacha ta`lim xizmatlarini tashkil etish maqsadida qo`shimcha ravishda Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlariga 7 ta ISUZU avtobuslari qayta jihozlangan holda etkazib berildi. 

Natijada, bugungi kunda Respublika bo`yicha 156 ta MFYlarda qayta jihozlangan 72 ta ISUZU HS-40 avtobuslarda tashkil etilgan 429 ta mobil guruhlarda 9,5 ming nafar 3 yoshdan 7 yoshgacha bo`lgan bolalar qamrab olindi.

YuNISEF tashkiloti bilan hamkorlikda Namangan va Xorazm viloyatlarida maktabgacha ta`limning muqobil shakli bo`lgan  20 ta “Turli xil yoshdagi maktabgacha ta`lim guruhlari” (o`yin guruhlari) tashkil etilib, ularga jami 496 nafar bolalar qamrab olindi.

Jahon banki bilan hamkorlikda “Bolani erta rivojlantirish” loyihasi doirasida Namangan va Samarqand viloyatlarida “Ilk rivojlanish markazlari” 3 ta model bo`yicha faoliyati yo`lga qo`yildi.

Bunda, birinchi model (6 yoshgacha qamrab olinmagan bolalari bo`lgan oilalarga tashrif) bo`yicha jami 634 ta bolalar, ikkinchi model (o`yin guruhlari) bo`yicha 861 nafar bolalar, uchinchi model (sog`ligi tufayli imkoniyati cheklangan 2 yoshdan 6 yoshgacha bolalari bo`lgan oilalarga tashrif) bo`yicha 87 ta bolalar qamrab olindi.

Surxondaryo viloyatining Termiz shahar, Termiz va Muzrabot tumanlaridagi Afg`oniston davlatidan o`tib kelgan oilalar farzandlari uchun 10 ta davlat maktabgacha ta`lim tashkilotlarida  400 nafar bolalarga Yunisef Xalqaro bolalar tashkiloti Evropa Ittifoqining moliyaviy ko`magi yordamida “Ko`p tilli inklyuziv ta`lim guruhlari”  tashkil etildi.

Barcha maktabgacha ta`lim tashkilotlarida 160 381 nafar (oliy ma`lumotlilar ulushi 34,1 foiz) rahbar va pedagoglar faoliyat yuritmoqda. Ularning 117 435 nafari (73,3 foiz) davlat va 42 946 nafari (26,7 foiz) nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotlarida faoliyat yuritib kelmoqda.

6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlov tizimi bilan qamrab olish darajasini 92 foizga etkazish yuzasidan quyidagi choralar ko`rildi. 

Maktabgacha ta`lim bilan qamrab olingan 661 945 nafar (93 %) 6 yoshli bolalarning 170 721 nafari 7 560 ta boshlang`ich ta`limga bir yillik bepul majburiy tayyorlov guruhlariga, 456 769 nafari 13 055 ta to`liq kunlik tayyorlov guruhlariga, 33 429 nafari 3 298 ta qisqa muddatli tayyorlov guruhlariga qamrab olindi.

2023 yil davomida 98 ta to`liq kunlik, 271 ta qisqa muddatli, 1 384 ta majburiy bepul tayyorlov guruhlari tashkil etilishi natijasida jami 711 768 nafar 6 yoshli bolalarning 661 945 nafari, yoki 93,0 foizi qamrab olindi.

Mazkur guruhlar 9 turdagi mebel va boshqa jihozlar, 36 nomdagi o`quv-metodik vositalar, didaktik qo`llanmalar, ko`rgazmali materiallar, o`yin va o`yinchoqlar to`plamlari bilan ta`minlandi.

    Boshqa yangiliklar