“Uzgidromet” bugungi ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra, kunduzi O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Yo`llarda ba`zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-8° sovuq, shimolda 7-12° sovuq bo`ladi.
Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-7° sovuq bo`ladi.
Tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-10° sovuq bo`ladi.






