Buxoro viloyatida ov qurolini otishga shay holatda olib yurgan uch erkak ushlandi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
xabarda aytilishicha, viloyat bo`ylab kunduzgi va tungi kuchaytirilgan nazorat reyd tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi inspektorlari hamda Jondor tuman inspektorlari tomonidan cho`l hududlarida o`tkazilgan nazorat reyd tadbirlari davomida 3 nafar fuqaro o`ziga tegishli bo`lgan ov qurolini otishga shay holatda olib yurgani aniqlandi.
Ushbu holat yuzasidan 3 nafar fuqaroga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 90-moddasi 1-qismi bilan ma`muriy bayonmoma rasmiylashtirilib, ularning har biriga 1700 000 so`mdan jarima belgilandi.






