11 dekabr kuni ”Toshshahartransxizmat“ aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Anvar Jo`raev avtobus haydovchilarining mobil telefondan foydalanish holatlarini aniqlash bo`yicha o`tkazilgan reydda ishtirok etdi, deb xabar qildi kompaniya matbuot xizmati.
Etti nafar haydovchi avtobuslarni boshqarayotganda telefondan foydalangan. Yo`l harakati qoidalari va ichki mehnat qoidalari qo`pol ravishda buzilgani sababli ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan. Kompaniya ularning ismlarini va ishlagan yo`nalishlarni e`lon qildi: 89, 135, 44, 43, 35, 46 va 53-raqamli avtobuslar.
”Toshshahartransxizmat“ yo`lovchilarni avtobus haydovchisining mobil telefondan foydalanganiga guvoh bo`lgan taqdirda, 1062 ishonch telefoniga murojaat qilishni yoki Instagram`da kompaniyaning @toshbus sahifasini belgilagan holda post yoki storis qo`yishni so`radi.
”Biz, albatta, bu kamchiliklarni bartaraf qilish choralarini ko`ramiz”, — deb ta`kidladi kompani






