AsosiyJamiyat

Navoiy va Samarqandda zilzila sodir bo`ldi

'Navoiy va Samarqandda zilzila sodir bo`ldi'ning rasmi

Navoiy va Samarqand viloyatlarida zilzila sodir bo`ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Bugun, 13 dekabr kuni soat 10:13 da zilzila yuz berdi. Er silkinishi epimarkazi Navoiy viloyati, Xatirchi tumani. Zilzila koordinatalari 40,31 gradus shimoliy kenglik, 65,81 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda 4,2. Chuqurlik 10 km. Zilzila epimarkazi Toshkentdan 306 km janubiy-g`arbda.

O`zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

Xatirchi tumanida 3-4 ball, 17 km.

Navbahor tumanida 3 ball, 33 km.

Navoiy shahrida 2 ball, 44 km.

Narpay tumanida 2 ball, 45 km.

Kattaqo`rg`on tumanida 2 ball, 49 km.

Nurota tumanida 2 ball, 49 km.

Paxtachi tumanida 2 ball, 52 km.

Karmana tumanida 2 ball, 55 km.

Qo`shrabot tumanida 2 ball, 61 km.

    Boshqa yangiliklar