AsosiyJamiyat

"Uzbekistan Airways" 15 yil ichida ilk bor qish mavsumida ham Tokioga parvozlarni yo`lga qo`ydi

'"Uzbekistan Airways" 15 yil ichida ilk bor qish mavsumida ham Tokioga parvozlarni yo`lga qo`ydi'ning rasmi

Yaponiyalik sayyohlarni jalb qilish hamda u davlatda istiqomat qilayotgan O`zbekiston fuqarolari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi 2023 yil dekabridan 2024 yil martiga qadar "Toshkent–Tokio–Toshkent" yo`nalishida bo`ladigan to`g`ridan to`g`ri reyslarni davom ettirishga qaror qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA .

Shu vaqtga qadar "Toshkent–Tokio–Toshkent" yo`nalishida to`g`ridan to`g`ri reyslar faqat aprel–oktyabr oylarida amalga oshirilar edi.

Mazkur aviaqatnovlar so`nggi 15 yil ichida ilk marotaba qish mavsumida tashkillashtirilayotgan bo`lib, Yaponiyadan sayyohlar oqimini oshirish, mamlakatimiz orqali Markaziy Osiyo, MDH, Evropa va Yaqin Sharq mamlakatlariga tranzit qatnovlarini kengaytirish, shuningdek, Yaponiyada vaqtincha faoliyat olib borayotgan vatandoshlarimizga qulayliklar yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar