AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 14 dekabr kuni qanday ob-havo bo`ladi? “O`zgidromet” prognozlarni e`lon qildi

'O`zbekistonda 14 dekabr kuni qanday ob-havo bo`ladi? “O`zgidromet” prognozlarni e`lon qildi'ning rasmi

“O`zgidromet” 14 dekabr, payshanba kuni kuzatiladigan ob-havo haqida ma`lumot berdi. Unga ko`ra: 

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-13 daraja sovuq, kunduzi 1-3 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Yo`llarda ba`zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq; cho`l hududlarda kechasi 10-15 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Yo`llarda ba`zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Yo`llarda ba`zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo`ladi.

Respublikaning tog`li hududlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo`llarda ba`zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar