AsosiyJamiyat

Samarqand va Farg`ona viloyatida 30 mingga yaqin qutidagi tamaki mahsulotlarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

'Samarqand va Farg`ona viloyatida 30 mingga yaqin qutidagi tamaki mahsulotlarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan IIB JQB va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda Samarqand shahridagi “Siyob dehqon bozori" MChJ oldida  tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Unda fuqarolar S.Q., R.A. va U.I. o`zaro til biriktirib, hech qanday hujjatsiz 55 xil turdagi 3 472 quti tamaki mahsulotini sotayotganliklari aniqlanib, ushbu mahsulotlarning “yama”sini aniqlash maqsadida davom etgan tadbirda “Sh.” savdo majmuasining omborxonasidan 34 xil turdagi yana 19 280 quti, tadbir yakuni bo`yicha umumiy bahosi 323,3 mln so`mlik tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Farg`ona viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirlarda tamaki mahsulotlari savdosi bilan noqonuniy shug`ullanib kelgan M.O.ning Farg`ona tumani “B.” MFY hududidagi xonadonidan 7 500 quti va “Changan” rusumli avtotransport vositasidan 7 480 quti  “Milano London” nomli jami 14 980 quti aksiz markasiz tamaki mahsuloti ashyoviy dalil sifatida olingan.

Xuddi shunday, “Marg`ilon umumiy ulgurji savdo kompleksi” oldida tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug`ullanib kelgan M.O. xaridor M.X.ga “Milano” nomli tamaki mahsulotini sotayotgan vaqtida ushlanib, uning yonidan 9 xil turdagi jami 3 171 quti aksiz markasiz tamaki mahsuloti ashyoviy dalil sifatida olingan.  

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
 

    Boshqa yangiliklar