AsosiyJamiyat

Namangandan Toshkentga muntazam qatnov yo`lga qo`yildi

'Namangandan Toshkentga muntazam qatnov yo`lga qo`yildi'ning rasmi

Qish kunlarida yo`lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent shahri va respublikaning boshqa hududlariga poezd qatnovini Namangan shahridagi temiryo`l vokzalidan yo`lga qo`yildi.

Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma`lum qildi.

Ta`kidlanishicha, haftaning dushanba, seshanba, chorshanba, juma va shanba kunlari Namangan vokzalidan Toshkentga jo`nash mumkin.

Toshkentdan Namangan shahriga keluvchilar uchun dushanba, seshanba, payshanba va juma kunlari qatnov mavjud.

Bu yo`nalishni yo`lga qo`yilgani noqulay ob-havo sharoitida yo`lovchilarning Pop tumaniga borish va kelish, Qamchiq dovonidagi mashaqqatlardan qutqaradi.

    Boshqa yangiliklar