Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tuman bo`limi tomonidan gaz ta`minoti bo`limi xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda YaTT K.K. o`z uyida fuqaro Q.L. bilan ishlab chiqarish sexi tashkil qilib, umumiy foydalanishdagi gaz tarmog`iga hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida ulanib, 141,9 mln so`mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Toshkent tuman bo`limi tomonidan IIB va gaz ta`minoti bo`limi xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro U.J “B.” MFY hududidagi uyida yashirin sex tashkil qilib, o`g`irlik yo`li bilan tabiiy gaz tarmog`iga ulanib olib, iste`molchilarning hayoti va sog`lig`i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan chips mahsulotlarini ishlab chiqarayotganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
13.12.2023 19:52
Toshkent tumanida uyida yashirin sex tashkil qilib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanayotgan fuqaro qo`lga tushdi






