Kuldashev Burhon Xudoyberdievich Farg`ona viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo`yicha o`rinbosari etib tayinlandi.
Burhon Kuldashev 1988 yilda Namangan viloyati, Mingbuloq tumanida tug`ilgan, yurisprudensiya yo`nalishida oliy ma`lumotli. 2010 yildan tayinlovga qadar DXXda faoliyat olib borgan.
2019 yildan beri viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo`yicha o`rinbosari bo`lib ishlab kelgan Xatamov Jamshed Muxtorovich Namangan viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar masalalari bo`yicha o`rinbosari etib tayinlangani munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etildi.






