O`zbekistonda Tramvay va trolleybus transporti rivojlantiriladi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.
Transport vazirligiga elektr transportni rivojlantirish bo`yicha quyidagi qo`shimcha vazifalar yuklanadi:
- jamoat transportida elektr transporti ulushini oshirgan holda, aholi uchun qulay bo`lgan yangi yo`nalishlar tarmog`ini ishlab chiqish;
- jamoat transportida elektr transporti infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish;
- elektr transportida tarif siyosati, stavkalar va yig`imlar masalalarini tartibga solishda ishtirok etish.
Shuningdek, Transport vazirligi bir oy muddatda vazirlik markaziy apparatida belgilangan shtat birligi doirasida tramvay va trolleybus transportini o`z ichiga olgan “yashil transport”ni rivojlantirish uchun mas`ul bo`lgan bo`linma tashkil etadi.