AsosiyJamiyat

Qotil is gazi: Namanganda ham er-xotin ikki qizi bilan bir kechada zaharlanib vafot etdi

'Qotil is gazi: Namanganda ham er-xotin ikki qizi bilan bir kechada zaharlanib vafot etdi'ning rasmi

Namanganda ham bir oila iz gazidan zaharlanib vafot etdi. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov bergan ma`lumotga ko`ra, halokat 2023 yil 15 dekabr kunidan 16 dekabr kuniga o`tar kechasi Yangi Namangan tumani, Beruniy MFYda sodir bo`lgan.

Fuqaro M.M (1975 y.t.), turmush o`rtog`i K.K (1982 y.t.) hamda ularning farzandi M.M (2004 y.t.) va voyaga etmagan X.M (2009 y.t.) yashash xonadoni oshxonasidagi gaz plita orqali rezina shlang bilan zavod usulida tayyorlangan “Eron pechkasi”ga ulanib, pechkadan tabiiy gaz isi chiqishi oqibatida zaharlanib, vafot etishgan.  

Dastlabki ma`lumotda M.Muxiddinov, K.Kazakova, M.Maxamadxo`jaeva va voyaga etmagan X.Maxammadovalarning o`limi is gazidan organizmning umumiy zaharlanishi oqibatida yuzaga kelganligi ko`rsatilgan.  

Ularning o`lim sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy va boshqa turdagi tegishli ekspertizalar tayinlandi.

Hozirda holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

15 dekabr kuni Farg`onada ham bir oilaning to`rt a`zosi is gazidan zaharlanib vafot etgani haqida xabar berilgan edi. 

    Boshqa yangiliklar