“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun kunduzi respublika hududi bo`yicha ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, Farg`ona vodiysi viloyatlarida kechga tomon biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi mumkin. Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2-7° iliq, shimolda 2° sovuq-3° iliq bo`ladi.
Poytaxtda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, qorga aylanishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-5° iliq bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda qor yog`adi, tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° iliq bo`ladi.






