Toshkent shahrida o`tkazilayitgan tadbirlar davomida turli jinoyatlarni sodir etgan shaxslar ushlandi. Bu haqda IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, poytaxtda Toshkent shahar IIBB va hamkor tashkilotlar tomonidan o`tkazilayotgan tezkor-profilaktik tadbirlarning “Dolzarb qirq kunligi” doirasida bir qator jinoyatlarni sodir etgan shaxslar ushlandi. Ushbu shaxslar Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergov qilinayotgan jinoyat ishi bo`yicha gumon qilinuvchi tarzida jalb etilgan:
- 1988 yilda tug`ilgan Otabek Islamov (Jinoyat kodeksi 165-moddasi tovlamachilik; 168-moddasi firibgarlik);
- 1988 yilda tug`ilgan Azamat Salimbekov ( Jinoyat kodeksi 165-modda 3-qismi, juda ko`p miqdorda tovlamachilik);
- 1988 yilda tug`ilgan Shuhrat Minovarov (Jinoyat kodeksi 165-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan tovlamachilik, 168-modda firibgarlik);
- 1992 yilda tug`ilgan Shavkat Minovarov (Jinoyat kodeksi 165-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan tovlamachilik);
- 1977 yilda tug`ilgan Marat Urazov (Jinoyat kodeksi 168-moddasi 3-qismi, ko`p miqdorda firibgarlik);
- 1992 yilda tug`ilgan Abduqodir Isaxunov (Jinoyat kodeksi 277-moddasi 3-qismi, bezorilik, 168-moddasi firibgarlik).
Jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llangan. Tergov davom etmoqda. IIBB ulardan jabr ko`rganlar boshqarmaga xabar berishini so`ragan.






