1

Qoraqalpog`istonda mas`ullar 612,3 tonna ko`mirni talon-toroj qilishdi

Jinoyat 19.12.2023, 15:43
Qoraqalpog`istonda mas`ullar 612,3 tonna ko`mirni talon-toroj qilishdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Taxiatosh tuman bo`limi tomonidan  tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda “U.E.” MChJ mas`ul shaxslari davlat xususiy sherikchilik bitimga asossan tumandagi 49 ta ijtimoiy soha ob`ektlarini isitish mavsumida ko`mir bilan uzluksiz ta`minlash uchun ajratilgan mablag`larning 452,3 mln so`mini boshqa maqsadlarga sarflab, o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Departamentning Baliqchi tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Ko`mir ta`minot” MChJning Shahrixon ko`mir ombori mas`ul shaxslari aholiga imtiyozli narxda 612,3 tonna ko`mir sotilganligi to`g`risida soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, ushbu ko`mirni bozor narxida boshqa shaxslarga sotib yuborganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1