AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 15 kunda 73 mlrd so`mlik gaz va elektr o`g`irlandi

'O`zbekistonda 15 kunda 73 mlrd so`mlik gaz va elektr o`g`irlandi'ning rasmi

O`zbekistonda dekabr oyining 15 kunida 411 nafar iste`molchining tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishi natijasida davlat manfaatlariga jami 73 milliard 274 million so`mlik zarar keltirilgani aniqlandi.

Xususan, Toshkent viloyatida 20 ta holatda tizimga 25 mlrd 293 mln so`mlik, Toshkent shahrida 30 ta holatda tizimga 11 mlrd 308 mln so`mlikdan ziyod va Farg`ona viloyatida 52 ta holatda tizimga 7 mlrd so`mlikdan ziyod energoresurslar talon-toroj qilingan.

Qoidabuzar iste`molchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko`rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan. 

    Boshqa yangiliklar