Bugun Prezident Shavkat Mirziyoev Toshkentdagi IT-park faoliyati va axborot texnologiyalari sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishadi hamda IT sohasini rivojlantirish va davlat boshqaruvini raqamlashtirish bo`yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig`ilishi o`tkazadi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.






