Davlat OTMlariaro faqat 2 ta uzrli sababga asosan qishda o`qishni ko`chirsa bo`ladi.
- talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o`rtog`i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta`lim muassasasiga o`qishini ko`chirish istagidagilarga;
- davlat organlarining xodimlari ish joyi o`zgargan taqdirda uning turmush o`rtog`i yoki voyaga etmagan farzandi o`qishini ko`chirmoqchi bo`lganlarga (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).
Hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar 20 yanvargacha taqdim etiladi:
- o`qishni ko`chirish bo`yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to`ldiriladi);
- talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma`lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo`lsa etarli);
- pasport nusxasi;
- yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.






