1

O`ta og`ir jinoyat sodir etgani uchun qidiruvga berilgan shaxslardan yana biri qo`lga olindi

Jinoyat 21.12.2023, 10:58
O`ta og`ir jinoyat sodir etgani uchun qidiruvga berilgan shaxslardan yana biri qo`lga olindi

Avvalroq, Toshkent viloyati IIBB og`ir va o`ta og`ir turdagi jinoyat sodir etib, qidiruvga berilgan shaxslar haqida xabar qilgan edi. 

Ko`rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida qidiruvdagilardan biri T.Pattaev ushlandi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Gumon qilinuvchi: 1990 yilda tug`ilgan Abdullaev Akromjon Baxtiyorovichning qidiruvi davom etmoqda.

Shuningdek, Poytaxtda Toshkent shahar IIBB va hamkor tashkilotlar tomonidan o`tkazilayotgan tezkor-profilaktik tadbirlarning “Dolzarb qirq kunligi” doirasida bir qator jinoyatlarni sodir etgan quyidagi shaxslar ushlanib, gumon qilinuvchi tarzida jalb etilgan:

1.     1985 y.t. Fayziev Alibek Shaxrulloevich (O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 273-moddasi 5-qismi);

2.     1987 y.t. Nurmatov Aziz Nabidjanovich (O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi);

3.     1990 y.t. Amonov Olimjon Shuxratovich (O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 273-moddasi 5-qismi);

4.     1992 y.t. Qodirov Bohodir Akmal o`g`li (O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 277-moddasi);

5.     1992 y.t. Ismoilov Bobur Botir o`g`li (O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 277-moddasi);

Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llangan. Tergov davom etmoqda.

"Hurmatli fuqarolar agar Siz ushbu shaxslardan yoki guruh a`zolaridan jabr ko`rgan bo`lsangiz yoki ushbu shaxslarning jinoiy xatti-harakatlari bo`yicha ma`lumotlarga ega bo`lsangiz, Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud 99-370-73-94 telegram raqamiga murojaat qilishingizni so`raymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi", - deyilgan xabarda. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1