Oliy Majlis deputati Bobur Bekmurodov O`zbekistonni Rossiyaga qo`shib olishni taklif qilgan amaldorga javob qaytardi.
Zaxar Prilepinning “O`zbekistonni bosib olish" tahdidi mutlaqo qabul qilib bo`lmaydigan holat.
Rus siyosatchilarining bunday qarashlari shubhasizki, O`zbekistonliklar orasida Rossiya Federasiyasiga salbiy munosabatni kuchaytirmoqda.
Uning tobora kamayib borayotgan nufuzini yanada pasaytirmoqda. Rus siyosatchilari agressiv kayfiyat va so`zlar bilan do`st orttirib bo`lmasligini anglab etishi zarur. Aynan shunday agressiv harakatlari do`stona munosabatdagi mamlakatlar bilan aloqalarning yomonlashishiga sabab bo`lmoqda.
Ikkinchidan, Zaxar Prilepinni bunday harakat O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 159-moddasida nazarda tutilgan jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarishi haqida qat`iy ogohlantiramiz.
Uchinchidan, Prilepin va boshqa rus siyosatchilari ilgari surayotgan bunday qarashlar illyuziyadan boshqa narsa emas. Kimgadir yoqadimi, yoqmaydimi, O`zbekiston mustaqil, mustahkam suverenitetga ega mamlakatdir.
Qolaversa, qariyb 60 ming a`zoga ega bo`lgan Harakat nomidan Rossiya rasmiylarini ittifoqchi mamlakatga nisbatan bunday agressiv bayonotlarga e`tibor qaratishga va batamom chek qo`yishga chaqiraman.
Prilepin bu gaplari bilan Rossiya Konstitusiyasining o`zga davlatlar bilan tinch hayot kechirish, ichki ishlariga aralashmaslikni nazarda tutuvchi 79.1 moddasiga zid chiqmoqda, deydi deputat.