Prezident raisligida Respublika Ma`naviyat va ma`rifat kengashining yig`ilishi boshlandi.
“Yurtimizda ushbu kengash raisi Prezident hisoblanadi. Hududlarda esa birinchi rahbarlar bu masala uchun mas`ul etib belgilangan. Chunki ilm-fan, ta`lim va tarbiya, ma`naviyat biz uchun ustuvor masaladir”, - dedi davlat rahbari.
Prezident yig`iliganlar e`tiborini bu yil ijtimoiy sohaga eng ko`p – 134 trillion so`m mablag` ajratilgani, bu 2016 yilga solishtirganda 5,6 barobar ziyodligiga qaratdi.
Yangi tahrirdagi Konstitusiyamizda belgilangan “O`zbekiston – ijtimoiy davlat” degan qoidaning amaliy hayotimizdagi tasdig`ini birgina ana shu misolda ham yaqqol ko`rish mumkin. Bu ishlar dastlabki qadamlar bo`lib, kelgusida yanada kengayib boradi”,- dedi Shavkat Mirziyoev.