AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev dunyodagi qudratli markazlar ochiqchasiga bosim o`tkazayotgani haqida gapirdi

'Shavkat Mirziyoev dunyodagi qudratli markazlar ochiqchasiga bosim o`tkazayotgani haqida gapirdi'ning rasmi

Avvalroq xabar berganimizdek, Shavkat Mirziyoev Respublika ma`naviyat va ma`rifat kengashining kengaytirilgan yig`ilishini o`tkazmoqda. Yig`ilishda Prezident "dunyodagi qudratli markazlar ochiqchasiga bosim o`tkazishni" boshlaganiga aytdi.

Shavkat Mirziyoevning aytishicha, ayni vaqtda azaliy qadriyatlar, ijtimoiy-siyosiy qarashlar tizimida chuqur transformasiya jarayonlari yuz bermoqda.

"Ilgari o`z maqsad va manfaatlarini asosan diplomatiya va siyosat bilan himoya qilib kelgan dunyodagi qudratli markazlar endi ochiqchasiga bosim o`tkazish, qarama-qarshilik va to`qnashuvlar yo`liga o`tganiga hammamiz guvohmiz. Afsuski, bunday keng ko`lamli va o`ta ziddiyatli jarayonlarning ta`siri Markaziy Osiyo mintaqasi va uning tarkibiy qismi bo`lgan mamlakatimizni ham chetlab o`tmayapti", deydi Shavkat Mirziyoev.

Davlat rahbari shunday murakkab va tahlikali vaziyatda O`zbekistonning milliy manfaatlariga javob beradigan to`g`ri yo`lni topish albatta oson bo`lmayotganini bildirdi. Shuningdek, dunyodagi uzoq-yaqin barcha davlatlar bilan o`zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirishga harakat qilinishini aytib o`tdi.

Eslatib o`tamiz, Rossiyalik yozuvchi  sobiq SSSR davlatlarini, jumladan O`zbekistonni Rossiya tarkibiga qo`shib olishni taklif qilgan edi. 

Shundan so`ng Oliy Majlis deputatlari Inomjon Qudratov hamda Bobur Bekmurodovlar rossiyalik amaldorga javob qaytardi. 

    Boshqa yangiliklar