AsosiyJinoyat

Xorazmda tadbirkorning 428,7 mln so`mlik dori vositalarini o`zlashtirgan menejer aniqlandi

'Xorazmda tadbirkorning 428,7 mln so`mlik dori vositalarini o`zlashtirgan menejer aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urganch shahar bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda fuqaro D.A. “F.L.” MChJning menejeri vazifasida ishlab kelib, tadbirkorning 428,7 mln so`mlik dori vositalarini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar