AsosiyJamiyat

O`ta og`ir jinoyatni sodir etib, qidiruvga berilgan Akrom Abdullaevni topganga 40 million so`m mukofot e`lon qilindi

'O`ta og`ir jinoyatni sodir etib, qidiruvga berilgan Akrom Abdullaevni topganga 40 million so`m mukofot e`lon qilindi'ning rasmi

Avvalroq, Toshkent viloyati IIBB og`ir va o`ta og`ir turdagi jinoyat sodir etib, qidiruvga berilgan shaxslar haqida xabar qilgan edi. Shundan so`ng, ko`rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida qidiruvdagilardan T.Umarov va T.Pattaev ushlandi.

Og`ir va o`ta og`ir turdagi jinoyat sodir etganlikda gumonlangan 1990 y.t. Abdullaev Akromjon Baxtiyorovich qidiruvi davom etmoqda. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu shaxsni ko`rgan yoki u haqida biror ma`lumotga ega bo`lganlardan zudlik bilan, Toshkent viloyati IIBBning quyidagi raqamlari orqali xabar berishlari so`ralmoqda.

Tel: 70-975-21-02, 70-762-41-21

98-361-19-22, 98-314-44-05” 

Qidiruvdagi shaxsni qaerda ekani xaqida xabar bergan yoki topishda ko`maklashgan fuqarolar umumiy 40 000 000 (qirq million) so`m bilan mukofotlanishi kafolatlanadi.

 

    Boshqa yangiliklar